Vazir o'rinbosari: Har bir xonadonda optik-internet bo'ladi! ?
Toshkent shahrida ICTWEEK UZBEKISTAN 2018 axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi rasman boshlandi 24-sentabr kuni ITC (International Trade Center) binosining anjumanlar zalida ICTWEEK UZBEKISTAN 2018 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi rasmiy ochilishi e’lon qilindi. Oldin ta’kidlab o’tilganidek, ICTWEEKning asosiy maqsadi, o’tgan yillardagidek, IT-sohasida erishilgan natijalar va amalga oshirilgan loyihalarni namoyish etish va muhokama qilishdan iborat. ICTWEEK Uzbekistan 2018 doirasida quyidagi tadbirlar o’tkaziladi: • Toshkent shahrida: Axborot texnologiyalar yillik ko’rgazmasi - ICTEXPO 2018, DIGITAL UZBEKISTAN Forumi, Cyber Security va Digital Transformation konferentsiyasi hamda AKT Haftaligi doirasida o’tkaziladigan turli tadbirlar. • Jizzax shahrida: "Bolalar uchun axborot texnologiyalari" aksiyasi, ICTEXPO-2018 mintaqaviy ko’rgazmasi va "3i Mintaqaviy forumi. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi nomidan O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o’rinbosari Yuldashev Qahramon Anvarjonovich ICTWEEK UZBEKISTAN 2018 AKT Haftaligi ochilish marosimida nutq so’zladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi O’zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari bo’yicha qo’mita raisi Ilhom Zoirovich Abdullaev Jizzaxdagi tadbirlar haqida batafsil so’zlab berdi. O’zbekiston axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari assotsiatsiyasi raisining o’rinbosari Aleksandr Anatolyevich Suchkov moderator bo’lib DIGITAL UZBEKISTAN Forumi va ICTEXPO-2018 Ko’rgazmasi ishtirokchilari haqida to’liqroq ma’lumot berdi. Cyber Security va Digital Transformation AKT Haftaligi doirasida SOFTLINE homiyligida o’tkazilgan yana bitta tadbir to’g’risida kompaniya bosh direktori Arifjonov Aybek Azimjonovich ma’lumot berdi. Matbuot anjumani ICTWEEK UZBEKISTAN-2018 ishtirokchilarining faoliyati to’g’risida ommaviy axborot vositalari vakillari savollariga javob berish uchun savol-javob Sessiyasi bilan yakun topdi. AKT haftaligining keyingi tadbiri 26 sentyabr kuni MKK «O’zekspomarkaz»ning Anjumanlar zalida panel muhokama shaklida bo’lib o’tadigan DIGITAL UZBEKISTAN Forumidir. DIGITAL UZBEKISTAN Forumi - bu axborot texnologiyalari sohasida zamonaviy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun noyob ekspert platformasidir. Forumning panel muhokamalari mamlakat axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik qarorlar va dasturlarni ishlab chiqishga yordam beradi. Forumda qarama-qarshiliklar tahlil qilinadi, uning rivojlanish salohiyati va uni amalga oshirish imkoniyatlari baholanadi. Forumda ishtirok etishga davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar sohasi korxonalari va tashkilotlari rahbarlari, xalqaro ekspertlar va tahlilchilar, yirik mahalliy va xorijiy IT-kompaniyalar vakillari taklif qilingan. ICTWEEK Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining yana bir muhim tadbirlari bu 26-28 sentyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tadigan ICTEXPO-2018 axborot texnologiyalari Ko’rgazmasi va Jizzax shahrida 26-27 sentyabrda o’tkaziladigan Mintaqaviy Ko’rgazmasidir. ICTEXPO-2018 axborot texnologiyalari va xizmatlari bozorida taqdim etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va yechimlar namoyish etilmoqda. Ushbu ko’rgazmada IT-sohasidagi so’nggi tendentsiyalarga ixtisoslashgan mahalliy va xorijiy kompaniyalar, yani: mobil kompaniyalar, sotuvchilar, dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, tizimli integratorlari va boshqalar ishtirok etadilar. ----------------------------------------- ? Obuna bo'ling: ? https://www.instagram.com/jaloliddinjm ? https://www.facebook.com/jaloliddinjm ? https://www.twitter.com/jaloliddinjm ? https://www.vk.com/jaloliddinjm ? https://t.me/jmfanclub ? http://www.jm.uz